20:31 / 21.12.2017
6 398

2018 yilda so‘mni valyutaga onlayn almashtirish mumkin bo‘ladi

2018 yilda so‘mni valyutaga onlayn almashtirish mumkin bo‘ladi
Shu yil dekabr oyida O‘zbekiston tijorat banklari valyuta kartalar bo‘yicha qator cheklovlarni bekor qilishdi. Endi xorijiy onlayn-do‘konlarida to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati joriy etildi. Shuningdek, UzCard milliy valyuta hisobidan plastik kartalarini to‘ldirish mumkin. Ammo buning uchun shaxsan bankka kelish zarur.

Matbuot anjumanda TIF Milliy bank strategik rivojlanish departamenti direktori o‘rinbosari Bunyod Esanbayev onlayn ayirboshlash tizimini joriy etish uchun nima to‘sqinlik qilayotganligini aytdi. Bu haqda Podrobno.uz nashri xabar qildi.

«Bugungi kunda bank tizimini tartibga soluvchi milliy qonun hujjatlarida tijorat banklariga bu xizmatni amalga oshirish imkonini beradigan hujjatlar mavjud emas. Lekin tegishli hujjatni ishlab chiqish jarayoni ketmoqda. 2018 yilda qonunchilikdagi o‘zgarishlarni qabul qilish bilan ushbu xizmatni amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘lishi kutilmoqda. Texnik jihatdan xizmatni amalga oshirish bo‘yicha hech qanday muammo yo‘q», — deb ta’kidladi mutaxassis.

Bugungi kunda deyarli har bir tijorat banki o‘z mobil yuklamasi va mobil banking xizmatiga ega. Lekin bu yerda gap milliy valyutadagi hisoblar to‘g‘risida ketmoqda.
Valyuta bozori liberalizatsiyasi birinchi bosqichi nisbatan yaqinda boshlanganligiga qaramasdan, ayrim tijorat banklar, xususan Milliy bank va Kapitalbank bu kabi valyuta kartalarni boshqarish bo‘yicha yangi xizmat turalarini ishga tushirishdi.

Banklarning valyuta kartalari va konversion kartalar uchun yuklamalar to‘lovlar tarixini ko‘rish, pin kodni o‘zgartirish, qulfni bloklash va bekor qilish imkonini beradi. Biroq, valyuta va so‘m kartalar o‘rtasida onlayn ayirboshlash imkoniyati mavjud emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 2018 yilda so‘mni valyutaga onlayn almashtirish mumkin bo‘ladi