07:32 / 23.12.2017
5 952

Prezident tadbirkorlik sub’ektlarini tekshirishni 2 yilga to‘xtatishni taklif qildi

Prezident tadbirkorlik sub’ektlarini tekshirishni 2 yilga to‘xtatishni taklif qildi
O‘zbekiston prezidentining Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasida nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi faoliyati davr talabiga javob bermayotgani qayd etildi.

«O‘zingiz o‘ylang, ushbu kengashning ishchi organi ham, eng ko‘p tekshirish o‘tkazadigan nazorat organi ham – soliq idorasining o‘zi. Tekshirish uchun ham o‘zi ruxsat bersa, ham o‘zi tekshirsa, buni qanday tushunish mumkin», deya Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltiradi O‘zA.

«Tadbirkorlik nega rivojlanmayapti O‘zbekistonda? Gaz bor, svet bor, mahsulot bor. Bunga o‘zimiz, davlat idoralari yo‘l qo‘ymayapti. Hech kimga kerak bo‘lmagan tartiblar saqlanib qolinmoqda. Joylarda amaldorlar faqat o‘z manfaatini o‘ylamoqda. Cherchill shunday degan: Ba’zilar tadbirkorlar deganda sog‘in sigirni, faqat sanoqlilar tadbirkor degan og‘ir aravani tortayotgan mehnatkash otni tushunadi.

Tadbirkorlar bilan endi prokuratura va SSP ishlaydi. Ularni eshitadi, qonuniy yordam beradi, huquqlarini ishonchli himoya qiladi. Kimnidir nazorati ostida degan gaplar endi yo‘q. U ko‘priklar kuyib ketib bo‘lgan. Nopok tadbirkorlarga ham murosasiz munosabatda bo‘lish lozim.

Shu munosabat bilan tekshirishlar o‘tkazishga ruxsat berishning maxsus elektron axborot tizimiga o‘tish va uning nazoratini Bosh prokuraturaga yuklash maqsadga muvofiq. Shuningdek, barcha tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirishni 2 yil muddatga to‘xtatsak, nima deysizlar?», degan prezident.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident tadbirkorlik sub’ektlarini tekshirishni 2 yilga to‘xtatishni taklif qildi