10:30 / 23.12.2017
5 743

Prezident: «Jurnalistika universitetini tashkil etamiz»

Prezident: «Jurnalistika universitetini tashkil etamiz»
O‘zbekistonda Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universiteti tashkil etiladi, deya ma’lum qildi Prezident Shavkat Mirziyoyev juma kuni Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga murojaatida.

Bugun mamlakatda 1500 dan ziyod ommaviy axborot vositalari faoliyat ko‘rsatmoqda. «O‘z-o‘zidan ravshanki, ularning barchasiga yuqori malakali kadrlar kerak. Afsuski, bunday keng ko‘lamli vazifani bir joyda markazlashtirgan holda hal etadigan tayanch oliy o‘quv yurti mamlakatimizda mavjud emas», - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yangi OTM kelgusi o‘quv yilidan o‘z faoliyatini boshlashi lozim.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident: «Jurnalistika universitetini tashkil etamiz»