Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 dekabrdagi 1001-sonli qarori bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibiga fuqarolarga qulaylik yaratishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati «Kun.uz»ga xabar berdi.
1) Endilikda Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lish uchun turar joy hujjatlari, uy-joy mulkdorining arizasi, nikoh tuzilganligi yoki bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarning notarial tasdiqlangan nusxalari talab etilmaydi.
2) Toshkent shahar va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga qo‘yishda quyidagi hujjatlar taqdim etilishi umuman bekor qilindi:
- er-xotinning amalda yashagan joyida ularning kamida bir yil birgalikda yashaganligi to‘g‘risida mahalla yig‘ini raisi va profilaktika inspektori tomonidan imzolangan ma’lumotnoma;
- Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanganlik, tasdiqlanganlik, saylanganlikni tasdiqlaydigan hujjatlarning kadrlar bo‘limi tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
- davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylanganlikni tasdiqlaydigan hujjatlarning kadrlar bo‘limi tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
- lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma.
3) Quyidagi hollarda vaqtinchalik hisobga qo‘yish uchun turar joy ijara shartnomasi yoki turar joydan tekin foydalanish shartnomasi talab etilmaydi.
- fuqaro (oila a’zolari bilan birga) turar joy mulkdorining yoki ushbu turar joyda doimiy yashayotgan shaxsning yaqin qarindoshi bo‘lsa, qarindoshligi darajasini tasdiqlaydigan hujjatlar taqdim etilganda;
- Toshkent shahar va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa hududlaridan xizmat safari, mehnat ta’tili, malakasini oshirish, davolanish munosabati bilan kelgan bo‘lsa, tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda.
Manba: Kun.uz
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi