20:49 / 28.12.2017
9 507

O‘zbekistonda yangi yilda qatorasiga 5 kun dam olish kuni bo‘ladi

O‘zbekistonda yangi yilda qatorasiga 5 kun dam olish kuni bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 28 dekabr kuni «Rasmiy sanalarni bayram qilish davrida qo‘shimcha dam olish kunlarini belgilash va 2018 yilda dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi Farmonini imzoladi.

Farmonga ko‘ra 2-3 yanvar kunlari dam olish kunlari deb belgilangandi.

Shu tariqa, rasman 30, 31 dekabr, 1, 2, 3 yanvar kunlari dam olish kunlari bo‘ladi. Ya’ni, o‘zbekistonliklar yangi yilda qatorasiga 5 kun dam olishadi.

4, 5, 6 yanvar (shanba) kunlari esa ish kuni bo‘ladi.

Shuningdek, 20 mart – seshanba va 31 avgust – juma kunlari ham qo‘shimcha dam olish kunlari etib belgilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda yangi yilda qatorasiga 5 kun dam olish kuni bo‘ladi