23:48 / 28.12.2017
16 966

O‘zbekistonda 2018 yildagi umumxalq bayramlaridagi dam olish kunlari belgilandi

O‘zbekistonda 2018 yildagi umumxalq bayramlaridagi dam olish kunlari belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, 2018 yilda Yangi yil, Navro‘z va Mustaqillik kuni davlat bayramlariga to‘g‘ri kelgan qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar qonunchilikda belgilanmoqda, shuningdek, ayrim dam olish kunlarini ushbu bayram sanalariga yaqin bo‘lgan ish kunlariga ko‘chirilishi amalga oshirilmoqda.

Natijada 2018 yilda bayram kunlarida uzluksiz dam olish davomiyligi qo‘shimcha ishlamaydigan kunlarni belgilash va ayrim dam olish kunlarni ko‘chirish orqali ta’minlanadi:

Yangi yilga – 5 kalendar kuni (2017 yil 30 va 31 dekabr – kalendar bo‘yicha dam olish kunlari, 2018 yil 1 yanvar – ishlamaydigan bayram kuni, 2018 yil 2 yanvar – qo‘shimcha ishlamaydigan kun, 2018 yil 3 yanvar – 6 yanvardan ko‘chirilgan dam olish kuni);

Navro‘z bayramiga – 5 kalendar kuni (18 mart – kalendar bo‘yicha dam olish kuni, 19 mart – 17 martdan ko‘chirilgan dam olish kuni, 20 mart – ko‘shimcha dam olish kuni, 2018 yil 21 mart - ishlamaydigan bayram kuni, 22 mart –
24 martdan ko‘chirilgan dam olish kuni);

Mustaqillik kuniga – 5 kalendar kuni (2018 yil 31 avgust – ko‘shimcha ishlamaydigan kun, 2018 yil 1 sentyabr – ishlamaydigan bayram kuni, 2 sentyabr – kalendar bo‘yicha dam olish kuni, 3 – sentyabr 15 sentyabr shanba kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni, 4 sentyabr – 8 sentyabrdan ko‘chirilgan dam olish kuni).

Yangi yil, Navro‘z va Mustaqillik kuni bayram kunlariga qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar belgilanishi mehnat ta’tili davomiyligi uch ish kuniga qisqartirilishi hisobiga qoplanishi ko‘zda tutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda 2018 yildagi umumxalq bayramlaridagi dam olish kunlari belgilandi