Kerri: BMT Samarqandda bir necha yuz yil oldin yaratilgan

  • 04 noyabr 2015, 23:03
  • 5 020
  • O‘zbekiston
  • Kerri: BMT Samarqandda bir necha yuz yil oldin yaratilgan

    AQSh davlat kotibi Jon Kerri BMT Samarqandda Amir Temur davrida yaratilganini aytdi. Bu bayonotni u Ostonada, Nazarboyev Universitet talabalari bilan uchrashuv chog‘ida aytib o‘tdi. Bu haqda 12news.uz'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

    “Men o‘z ko‘zim bilan o‘sha joyni ko‘rdim, tog‘lar va dashtlar osha, odamlarni uchratdim, tovarlar va turli mintaqalar g‘oyalari uchradi, - dedi u. – Men bu ajoyib voqeani yana bir bora takrorlayman”. Shundan so‘ng u Ispaniya qiroli Genrix III ning Rui Gonzalez de Klavixo boshchiligida Temurga yo‘llagan elchiligi haqida qisqacha hikoya qildi.

    “Bu turklar, arablar, musulmonlar, yahudiylar, yunonlar, armanilar, xristianlar, katolik va nestorianlar bilan birday muloqotda bo‘lingan shahardir. Biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nyu-Yorkda 70 yil muqaddam tashkil qilingan deb hisoblaymiz. Yo‘q. Bu Samarqandda bir necha yuz yil muqaddam sodir bo‘lgan”, - xulosa qildi Kerri.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Kerri: BMT Samarqandda bir necha yuz yil oldin yaratilgan