14:53 / 08.01.2018
6 042

Abdulla Aripov 10—11 yanvar kunlari Tojikistonga tashrif buyuradi

Abdulla Aripov 10—11 yanvar kunlari Tojikistonga tashrif buyuradi
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 10—11 yanvar kunlari Tojikistonga ishchi tashrif bilan boradi. Bu haqda Tojikiston OAVlariga tayanib, UzDaily xabar berdi.

O‘zbekiston hukumati rahbari Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon hamda bosh vazir Qohir Rasulzoda bilan muzokara o‘tkazadi.

Muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega uyushtirishi kutilayotgan rasmiy tashrifini tashkillashtirish masalalarini muhokama qiladi. Shavkat Mirziyoyev Dushanbega bahor faslining boshida tashrif buyurishi kutilmoqda.

O‘zbekiston va Tojikiston delegatsiyasi ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik, shuningdek, davlat chegarasining bahsli hududlarini demarkatsiya va delimitatsiya qilish ishlarini jadallashtirish masalalarini ko‘rib chiqadi.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Abdulla Aripov 10—11 yanvar kunlari Tojikistonga tashrif buyuradi