10:56 / 10.01.2018
6 640

«​O‘zbekiston Odil sudlov akademiyasi»​ tashkil etiladi

«​O‘zbekiston Odil sudlov akademiyasi»​ tashkil etiladi
2018 yilda ​sud tizimi xodimlarini tayyorlashga ixtisoslashgan yangi shakldagi «​O‘zbekiston Odil sudlov akademiyasi»​ tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» davlat dasturi loyihasida ma’lum qilingan.​

Sud tizimi xodimlarini tayyorlash, malakasini oshirishga xizmat qiladigan ixtisoslashtirilgan o‘quv muassasasi joriy yilning 30 iyuniga tashkil etilishi belgilangan. Yangi akademiyaning moliyalashtirish manbasi Rivojlanish davlat dasturidan kelib chiqib aniqlanishi aytilgan bo‘lib, uning faoliyatni yo‘lga qo‘yishga Oliy sud, Sudyalar kengashi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura va Moliya vazirligi mas’ul etib ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari, 2018 yilgi davlat dasturi loyihasida Oliy sud tuzilmasida sud amaliyotini tahlil qilish va qonunchilik boshqarmasini tashkil etish nazarda tutilmoqda. Shuningdek, Oliy sud sudyasi yordamchisi shtat birligini joriy etish hamda viloyat va tuman (shahar) sudlar tizimini maqbullashtirish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 iyuniga qadar, markaziy sud organlari va muassasalari faoliyati uyg‘unligini ta’minlash maqsadida ularni joylashtirish bo‘yicha yagona kompleks «​Adolat saroyi»​ majmuasi barpo etilishi haqida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » «​O‘zbekiston Odil sudlov akademiyasi»​ tashkil etiladi