15:37 / 10.01.2018
3 894

Credit Suisse delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

Credit Suisse delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi
Toshkent shahriga Shveysariyaning Credit Suisse banki boshqaruvchi direktori Stefan Gerig boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Tashrif dasturida hamkorlikka oid istiqbolli loyihalarni muhokama qilish maqsadida mamlakat hukumati, qator vazirlik va idoralar, yetakchi bank tuzilmalari, davlat kompaniyalari bilan uchrashuvlar hamda muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, “Credit Suisse” bankiga 1856 yilda asos solingan bo‘lib, ayni paytda jahondagi eng yetakchi moliya muassasalaridan biri hisoblanadi hamda 50 ta davlat hududida faoliyat yuritadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Credit Suisse delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi