22:01 / 10.01.2018
7 522

O‘zbekistonda "yashash minimumi" va "iste’mol savatchasi" tushunchalari joriy etiladi

Ўзбекистонда "яшаш минимуми" ва "истеъмол саватчаси" тушунчалари жорий этилади
O‘zbekistonda "yashash minimumi" va "iste’mol savatchasi" tushunchalari hamda ularni aniqlash mezonlari joriy etiladi.

Bu 9 yanvardan jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilgan 2018 yilgi Davlat dasturi loyihasida qayd etilgan.

Ushbu tadbir orqali aholining munosib hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan daromadlarni aniqlash bo‘yicha "yashash minimumi" va "iste’mol savatchasi"ga oid munosabatlarni huquqiy tartibga solish ko‘zda tutilgan.

Unga ko‘ra, aholining real daromadlari, ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va boshqa to‘lovlar miqdorining,shu jumladan hududlar kesimida "yashash minimumi" va "iste’mol savatchasi"ga mutanosibligi ta’minlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda "yashash minimumi" va "iste’mol savatchasi" tushunchalari joriy etiladi