22:40 / 10.01.2018
7 370

O‘zbekiston fuqarolariga xorijda ishlash uchun ruxsatnoma berish tartibi bekor qilinadi

O‘zbekiston fuqarolariga xorijda ishlash uchun ruxsatnoma berish tartibi bekor qilinadi
Keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan 2018 yilgi Davlat dasturi loyihasida mamlakatning tashqi siyosatini takomillashtirish masalalariga alohida urg‘u berilgan, deb xabar beradi Sof.uz nashri.

Xususan, qator xorijiy davlatlarda O‘zbekistonning elchixonalarini ochish va hozirda faoliyat yuritayotgan diplomatik vakolatxonalarni kengaytirish rejalashtirilmoqda. Yekaterinburg, Vladivostok, Qozon, Rostov-Don, Olmaota shaharlarida O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari ochiladi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi va xorijiy davlatlardagi elchixonalar faoliyatini kompleks ravishda takomillashtirish ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarining huquq va erkinliklarini himoya qilish tizimi, xususan ularga konsullik xizmati ko‘rsatilishi va yuridik jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi masalalari qayta ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston fuqarolariga xorijda ishlash uchun ruxsatnoma berish tartibi bekor qilinishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston fuqarolariga xorijda ishlash uchun ruxsatnoma berish tartibi bekor qilinadi