16:33 / 14.01.2018
6 179

AQSh Davlat departamenti O‘zbekistonni xavfsiz mamlakat deb biladimi?

AQSh Davlat departamenti O‘zbekistonni xavfsiz mamlakat deb biladimi?
O‘zbekiston AQSh Davlat departamenti tomonidan amerikalik fuqarolar bemalol sayyohat qilishi uchun xavf-xatar mavjud bo‘lmagan xavfsiz mamlakatlar ro‘yxatiga kiritildi. Davlat departamentining ushbu ro‘yxati fuqarolar uchun tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lib, unda dunyo mamlakatlari quyidagi 4 ta guruhga ajratilgan.

Birinchi guruhga AQSh fuqarolari bemalol sayyohat qilishi mumkin bo‘lgan, xavfsizlik darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlar kiritilgan bo‘lib, unda Albaniya, Avstraliya, Avstriya, Boliviya, Vetnam, Gruziya, Zambiya, Irlandiya, Islandiya, Kambodja, Tojikiston, Finlyandiya, O‘zbekiston, Hindiston va boshqa mamlakatlar (jami - 36 mamlakat) o‘rin olgan.

Ikkinchi guruhga xavfsizlikning ikkinchi darajasi, ya’ni sayyohat davomida ayrim ehtiyot choralarini ko‘rish talab etiladigan mamlakatlar kiritilgan bo‘lib, Belgiya, Braziliya, Buyuk Britaniya, Jazoir, Zimbabve, Iordaniya, Isroil, Italiya, Ispaniya, Misr, Saudiya Arabistoni, Efiopiya kabi mamlakatlarni uz ichiga oladi.

Uchinchi guruhga xavfsizlikning uchinchi darajasi, ya’ni juda ehtiyot bo‘lish talab etiladigan mamlakatlar - Burundi, Venesuela, Gonduras, Kuba, Pokiston, Rossiya, Turkiya, Sudan, Chad va boshqa mamlakatlar kiritilgan.

To‘rtini guruhga sayyohat qilish tavsiya etilmaydigan, ya’ni inson hayoti uchun turli xavf-xatarlar mavjud bo‘lgan mamlakatlar – Afg‘oniston, Janubiy Sudan, Iroq, Markaziy Afrika Respublikasi, KXDR, Liviya, Suriya, Somali, Eron, Yaman va boshqa mamlakatlar kiritilgan.
Qodir JO‘RAYeV,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis deputati

Manba: Dia.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » AQSh Davlat departamenti O‘zbekistonni xavfsiz mamlakat deb biladimi?