10:35 / 16.01.2018
6 762

Kechadan Farg‘ona, Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlarida analog formatdagi teledasturlar efiri to‘xtatildi

Kechadan Farg‘ona, Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlarida analog formatdagi teledasturlar efiri to‘xtatildi
2018 yilda respublikada analog teleeshittirishlarni bosqichma-bosqich to‘xtatish rejalashtirilgan. Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 17 iyuldagi “Raqamli teleeshittirishlarga o‘tish va yer usti analog teleeshittirishlarni to‘xtatishga doir amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.

“Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” davlat unitar korxonasining xabar berishicha, qarorga asosan, joriy yilning 15 yanvaridan Farg‘ona, Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlarida analog formatdagi teledasturlar efiri to‘liq to‘xtatildi.

Respublikaning qolgan hududlarida qachondan analog formatdagi teledasturlar efiri to‘xtatilishi muddatlari bilan quyida tanishish mumkin:
Sirdaryo viloyatida 15 apreldan
Jizzax viloyatida 15 maydan
Samarqand viloyatida 1 iyundan
Buxoro viloyatida 15 iyundan
Navoiy viloyatida 15 iyundan
Xorazm viloyatida 1 iyuldan
Toshkent shahrida 15 iyuldan
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 10 sentyabrdan
Surxondaryo viloyatida 5 noyabrdan
Qashqadaryo viloyatida 5 dekabrdan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Kechadan Farg‘ona, Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlarida analog formatdagi teledasturlar efiri to‘xtatildi