6 729
O‘zbekistonda 2017 yili kishi boshiga o‘rtacha daromad 5,8 million so‘mni tashkil qildi
2017 yil yanvar dekabr holatiga aholi umumiy daromadlari 186,2 trillion so‘mni, bir kishiga o‘rta hisobda 5,8 million so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida aytildi.
Aholi umumiy daromadlarining real o‘sish sur’atlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 110,3 foizni tashkil etdi.
Aholi jon boshiga o‘rtacha umumiy daromadlari bo‘yicha Toshkent shahrida (12,7 million so‘m) hamda Navoiy (9,1 million so‘m), Buxoro (6,7 million so‘m), Toshkent (6,1 million so‘m) va Sirdaryo (5,8 million so‘m) viloyatlarida o‘rtacha respublika darajasidan yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi Aholi jon boshiga umumiy daromadning eng yuqori real o‘sish sur’ati Xorazm viloyatiga (16,8 foiz) to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, Andijon (14,7 foiz), Surxondaryo (14,5 foiz), Namangan (13,7 foiz), Samarqand viloyatlarida (11,5 foiz) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida (11,1 foiz) aholi jon boshiga umumiy daromad ko‘rsatkichlarining real o‘sish sur’atlari respublika darajasidan yuqorini tashkil etgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan