13:30 / 18.01.2018
6 980

"Innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi" tashkil etildi

"Инновацион фаолиятни қўллаб-қувватлаш жамғармаси" ташкил этилди
Xo‘jalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalarining innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining «Ilmiy-innovatsion ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida aytiladi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur sub’ektlar sof foydasining 10 foizi miqdoridagi ajratmalari uning mablag‘larini shakllantirish manbai etib belgilangan. Qarorda ko‘rsatilishicha, jamg‘arma nizomini bir oy muddatda ishlab chiqish nazarda tutilmoqda.

Ushbu jamg‘arma mablag‘larini faqat quyidagi maqsadlarga yo‘naltirish:
  • yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarish, zarur tajriba-sanoat sinovlarini o‘tkazish, mahsulotlarning tajriba partiyalarini ishlab chiqarish va seriyalab ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga tayyorlash chora-tadbirlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirish;
  • mos yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bo‘yicha tuzilgan shartnomalarni moliyalashtirish;
  • mos yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik va ilmiy-laboratoriya bazasini mustahkamlash, ularni eksperimental tadqiqotlar o‘tkazish, ilmiy ishlanmalarni joriy etish, ilmiy-texnik xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va malakasini oshirishda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hujjatda ko‘rsatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » "Innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi" tashkil etildi