17:25 / 22.01.2018
5 110

23 yanvar kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?

23 yanvar kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?
23 yanvar kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 1—3, kunduzi 11—13 daraja iliq bo‘ladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tog‘li hududlarda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kechasi 2—7 daraja sovuq, kunduzi 3—8 daraja iliq, Ustyurt bo‘ylab 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida
kechasi 0—5 daraja iliq, ayrim joylarda 0—2 darajagacha sovuq, kunduzi 10—15 daraja iliq, cho‘l hududlari bo‘ylab kechasi 2—7 daraja sovuq, kunduzi 3—8 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kechasi 0—5 daraja iliq, ayrim joylarda 0—2 darajagacha sovuq, kunduzi 9—14 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kechasi 0—5 daraja iliq, ba’zi joylarda 0—2 darajagacha sovuq, kunduzi 10—15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 4—9 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq kunduzi 2—7 daraja iliq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 23 yanvar kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?