11:14 / 23.01.2018
5 839

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekistonga keladi

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekistonga keladi
O‘zbekiston Respublikasi bilan Belarus Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga kecha, 21 yanvar kuni 25 yil to‘lishi munosabati bilan ikki davlat rahbarlari bir-birlarini qutladilar.

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning Prezident Shavkat Mirziyoyevga yo‘llagan maktubida shunday deydi:
“Belarus Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 25 yil to‘lishi munosabati bilan tabriklarimni qabul qilgaysiz”.

Belarus rahbari Belarus – O‘zbekiston hamkorligi ko‘plab muhim yo‘nalishlarda izchil rivojlanib borayotganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etgan.

Aleksandr Lukashenko “o‘zaro anglashuv, ishonch va hurmatga asoslangan davlatlararo amaliy muloqot bundan keyin ham mamlakatlarimizni barqaror rivojlantirish hamda belarus va o‘zbek xalqlarining farovonligi yo‘lida mustahkamlanib boraveradi”, deb ishonch bildirgan.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z maktubida mustahkam do‘stlik rishtalari, o‘zaro hurmat va qo‘llab-quvvatlash, umumiy manfaatlarni hisobga olish tamoyillariga asoslangan O‘zbekiston – Belarus hamkorligining bugungi darajasini mamlakatimiz yuksak qadrlashini ta’kidlagan.

“Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz va ko‘p qirrali hamkorligimizni kengaytirishga bo‘lgan o‘zaro intilish tufayli biz qisqa fursatda aniq natijalarga erishdik”, deyiladi maktubda.

“O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, uni aniq amaliy mazmun bilan boyitish uchun oldimizda hamkorligimizning mavjud salohiyatini to‘liq ishga solishdek muhim vazifa turibdi. Shu ma’noda, Sizning O‘zbekistonga tashrifingizni intizorlik bilan kutyapman. Bu bizga o‘zaro munosabatlarimizning barcha jihatlarini har tomonlama muhokama qilish, shuningdek, yaqin yillarga mo‘ljallangan hamkorligimizning istiqbolli yo‘nalish va loyihalarini belgilab olish imkonini berishi shubhasiz”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekistonga keladi