13:02 / 24.01.2018
6 845

Shavkat Mirziyoyev aholini dori vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha yangi qarorni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev aholini dori vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha yangi qarorni imzoladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 23 yanvar kuni “Dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish hamda olib kirishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Ushbu qarorda keltirilishcha, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va Hisob palatasi bilan birgalikda bir oy muddatda dori vositalari va tibbiyot buyumlarining muomalasi va ishlab chiqarilishi yuzasidan tanqidiy o‘rganish o‘tkazadi hamda ularni tartibga solish bo‘yicha zarur choralar ko‘radi.

Shuningdek, mahalliy farmatsevtika mahsulotlarining ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish va raqobatbardoshligini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, respublikaga dori vositalari va tibbiyot buyumlari olib kirishni yanada tartibga solish ishlari olib boriladi.

Bundan tashqari dori vositalari yoki tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida qadoqlash, iste’mol o‘rami va markirovka qilishdan tashqari barcha texnologik bosqichlardan o‘tgan har qanday qadoqlanmagan dori vositasi yoki tibbiyot buyumi “in bulk” mahsulot deb e’tirof etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev aholini dori vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha yangi qarorni imzoladi