18:14 / 26.01.2018
8 986

Ob-havo ma’lumoti: 20 darajagacha sovuqqa tayyor turing

Ob-havo ma’lumoti: 20 darajagacha sovuqqa tayyor turing
O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 27 yanvar kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -10 ... -8 daraja, kunduzi -4 ... -2 daraja sovuq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -20 ... -15 daraja, kunduzi -12 ... -7 daraja sovuq bo‘ladi. Urganchda kechasi -17 ... -12, kunduzi -8 ... -3 darajasa sovishi kutilmoqda. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -15 ... -10 daraja, kunduzi -7 ... -2 daraja sovuq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -10 ... -5 daraja, kunduzi -5 ... 0 daraja sovuq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -7 ... -2 daraja, kunduzi +3 ... +8 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -8 ... -3 daraja, kunduzi 0 ... +5 daraja iliq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -15 ... -10 daraja, kunduzi -10 ... -5 daraja sovuq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi -10 ... -5 daraja, kunduzi -5 ... 0 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ob-havo ma’lumoti: 20 darajagacha sovuqqa tayyor turing