Xadichai Kubro madrasasida chet tili kunlari o‘tkazildi

  • 18 noyabr 2015, 17:04
  • 5 763
  • O‘zbekiston
  • Xadichai Kubro ayol-qizlar madrasasida bir necha yildirki, talabalarning chet tillarini mukammal o‘zlashtirishlari va og‘zaki nutqda erkin so‘zlay olish malakasini oshirish maqsadida seshanba ingliz tili, chorshanba rus tili hamda payshanba kunlari arab tiliga yo‘naltirilgan saflanishlar bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

    Xadichai Kubro madrasasida chet tili kunlari o‘tkazildi

    «Saflanishlar turli bayramlar, davlat ramzlari, tarixiy voqealar hamda talabalar hayotiga oid erkin mavzularda bo‘lib o‘tadi. Unga ko‘ra, har bir talaba istalgan mazuda uch tilda ma’lumot bera olishi kerak.

    Masalan, bugungi rus tili saflanishida Hafizova Umida opa boshchiligida talaba qizlar ‘Radio i Televizor’ mazusida radio va televizor tarixi, radio-telekanallar, hamda jahon televediniesi haqida keng ma’lumotlar berdi. Saflanishda ustoz rus tilida qiziqarli savollar berib, talabalarni topqirlik va chaqqonlik mahoratlarini sinab ko‘rdi», — deydi madrasa o‘qituvchisi Nilufar Saidakbarova.


    Manba: Daryo.uz

    » » Xadichai Kubro madrasasida chet tili kunlari o‘tkazildi