19:42 / 01.02.2018
7 806

Ob-havo ma’lumoti: 2 fevral kuni mamlakatimizda kuchli shamol, qor va yomg‘ir kutilyapti

Ob-havo ma’lumoti: 2 fevral kuni mamlakatimizda kuchli shamol, qor va yomg‘ir kutilyapti
O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 2 fevral kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, qor va yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi -2 ... 0 daraja, kunduzi +8 ... +10 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, qor yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi -10 ... -5 daraja, kunduzi -5 ... 0 daraja sovuq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, qor yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi -7 ... -2 daraja, kunduzi +2 ... +7 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, qor va yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi -5 ... 0 daraja, kunduzi +5 ... +10 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi -6 ... -1 daraja, kunduzi +5 ... +10 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -6 ... -1 daraja, kunduzi +1 ... +6 daraja iliq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, Nurafshonda qor va yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi -6 ... -1 daraja, kunduzi +1 ... +6 daraja iliq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi -5 ... 0 daraja, kunduzi +5 ... +10 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ob-havo ma’lumoti: 2 fevral kuni mamlakatimizda kuchli shamol, qor va yomg‘ir kutilyapti