Andijonda kredit ajratish uchun tadbirkordan bir necha o‘n ming dollar pul talab qilgan bankirlar jazolandi

  • 19 noyabr 2015, 11:46
  • 5 662
  • O‘zbekiston
  • Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudi «Qishloqqurilishbank» va Xalq bankining tamagirlik bilan shug‘ullanib kelgan viloyatdagi rahbarlarini uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etdi, deya xabar bermoqda «Darakchi» gazetasi.

    Andijonda kredit ajratish uchun tadbirkordan bir necha o‘n ming dollar pul talab qilgan bankirlar jazolandi

    Har ikkala bank filiali rahbarlari aholiga tibbiy va maishiy xizmat ko‘rsatuvchi firmaga katta miqdorda kredit ajratish uchun pora so‘ragan. Ma’lum bo‘lishicha, tadbirkor «Qishloqqurilishbank» filialidan 950 million so‘m, Xalq bankidan esa 2 milliard so‘m kredit so‘ragan.

    Xabar berishlaricha, «Qishloqqurilishbank» filiali rahbari kredit ajratish uchun dastlab 5 ming dollar, kreditni moliyalashtirish davomida esa yana 70 million so‘m pul talab qilgan. Tadbirkor birinchi talabni to‘liq, ikkinchisini esa yarmini qondirgan.

    Xalq bankidan kredit olish uchun esa tadbirkor filial boshqaruvchisiga umumiy 25 ming, filialning amaliyot bo‘limi rahbariga 2 ming, bankning «Kuyganyor» bo‘limi boshlig‘iga 2,3 ming dollar berishga majbur bo‘lgan.

    «Sud hukmi bilan tamagir bankirlar 6 yildan 10 yilgacha bo‘lgan muddatga ozodlikdan mahrum etildi», — deyiladi gazeta xabarida.


    Manba: Daryo.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Andijonda kredit ajratish uchun tadbirkordan bir necha o‘n ming dollar pul talab qilgan bankirlar jazolandi