21:30 / 11.02.2018
6 716

Turkiya, Koreya va yana 5 davlatga vizasiz rejim amalga kirdi

Turkiya, Koreya va yana 5 davlatga vizasiz rejim amalga kirdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 fevral kuni mamlakatning sayyohlik salohiyati rivoji uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy choralar ko‘rish haqidagi farmonni imzolagandi.

Ushbu hujjatga ko‘ra, shu yilning 10 fevralidan Isroil, Indoneziya, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur, Turkiya va Yaponiya fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kirishi (30 kungacha) mumkin bo‘ldi.

Bugunga qadar faqat Qirg‘iziston (60 kungacha), Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Moldova, Rossiya va Ukraina fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kirishi mumkin edi.

Shuningdek, O‘zbekistonga muntazam aviareyslarni amalga oshiruvchi havo kemalari ekipajlari a’zolariga O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish sanasidan boshlab 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy etildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Turkiya, Koreya va yana 5 davlatga vizasiz rejim amalga kirdi