19:03 / 13.02.2018
5 243

O‘zbekistonda kosmonavtika sohasini rivojlantirish maqsadida muhim qadam qo‘yildi

O‘zbekistonda kosmonavtika sohasini rivojlantirish maqsadida muhim qadam qo‘yildi
O‘zbekiston Respublikasida kosmik tadqiqotlar va texnologiyalarini rivojlantirish to‘g‘risidagi Prezident farmoyishi qabul qilindi, deb xabar berdi Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy kanali.

Farmoyishda qayd etilishicha, yurtimizda kosmik tadqiqotlar va texnologiyalarni rivojlantirish uchun bazaviy infratuzilma hamda ulkan imkoniyatlar mavjud.

Ammo so‘nggi yillarda kosmonavtika sohasida jiddiy tadqiqotlar olib borilmagan, xalqaro hamkorlik to‘xtatilgan, infratuzilma esa hozirgi kun talabiga javob bermaydi.

Farmoyish bilan tadqiqotlar va texnologiyalarni rivojlantirish maqsadida ishchi komissiya tuzilmoqda.

Komissiya bir qator vazifalar bilan birgalikda kosmik va sputnik texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha texnik iqtisodiy loyihalarni kompleks tahlil qiladi, mazkur texnologiyalarni o‘ziga xos jihatlarini o‘rganadi, sputnik aloqasi bo‘yicha milliy tizimni yaratish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqadi.

Mazkur hujjatning to‘liq matni bilan www.lex.uz orqali tanishish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda kosmonavtika sohasini rivojlantirish maqsadida muhim qadam qo‘yildi