14:01 / 14.02.2018
4 577

O‘zbekiston haqida «Financial Times» nomli mashhur gazetada katta maqola chop etildi!

O‘zbekiston haqida «Financial Times» nomli mashhur gazetada katta maqola chop etildi!
Bugun «Financial Times» gazetasida O‘zbekiston haqida katta maqola chop etildi. Unda Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi O‘zbekiston iqtisodiy jihatdan tashqi dunyoga ochilayotgani haqida so‘z boradi. Shu bilan birga, mustaqillik davrida bosib o‘tgan yo‘limiz ham eslab o‘tilgan: ishsizlik yuqoriligi, iqtisodiy o‘sish 8 foizdan kam bo‘lmasligi, 2005-yilgi «Andijon voqealari», vodiylik 52 o‘g‘lonning avtobusda yonib ketishi, prezident virtual qabulxonasining ochilishi, bir qancha siyosiy mahbuslarning ozodlikka chiqarilishi va hokazo.

Eng qizig‘i, qo‘shni Qozog‘iston bilan iqtisodiy taqqoslash ham keltirilgan: 2016-yilga chet ellik investorlar tomonidan O‘zbekistonga 9,6 mrld, Qozog‘istonga esa 152 mrld. AQSh dollari to‘g‘ridan to‘gri investitsiya sifatida kiritilgan, YaIM (XQT) O‘zbekistonda 6 ming AQSh dollari, qo‘shnimizda esda ushbu ko‘rsatkich deyarli 25 ming AQSh dollarini (2011-yil ma’lumotlari) tashkil etadi. Bundan tashqari, O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda geosiyosiy o‘rni yuqoriligi ham tilga olingan. Nashrning yozishicha, Shavkat Mirziyoyev o‘tgan bir yil davomida iqtisodiy islohotlarni jadallik bilan olib bormoqda, lekin xalqaro siyosiy maydonda esa hali «yurish qilgani» yo‘q.

P S: Maqolaning onlayn hamda gazetada chop etilgan asl nusxasi taqdim etilmoqda. Materialda keltirilgan ba’zi fikrlarga qo‘shilib bo‘lmaydi!

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston haqida «Financial Times» nomli mashhur gazetada katta maqola chop etildi!