Shavkat Mirziyoyev Buxoroga borishidan ko‘zlangan asosiy maqsadini aytdi

  • 17 fevral 2018, 08:05
  • 4 673
  • O‘zbekiston
  • Shavkat Mirziyoyev Buxoroga borishidan ko‘zlangan asosiy maqsadini aytdi
    Peshku tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyati faollari va mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

    Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, davlat rahbari o‘tgan yili viloyatda amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilib, ustuvor vazifalarni belgilab bermoqda.

    Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrifdan eng asosiy maqsad odamlarni ish bilan ta’minlash ekani, aniq loyihalarni hayotga tatbiq etish hisobidan viloyatda 90 ming ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilganini ta’kidladi.

    Sanoat, qishloq xo‘jaligi, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ish o‘rni yaratgan sub’ektlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, mahalliy byudjetga tushumlarni oshirish masalalari muhokama qilinmoqda.

    Joylardagi ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, aholi turmushi uchun qulayliklarni oshirishga e’tibor qaratilmoqda.

    » » Shavkat Mirziyoyev Buxoroga borishidan ko‘zlangan asosiy maqsadini aytdi