18:52 / 18.02.2018
6 285

O‘zbekistonda apostil uchun to‘lov miqdori 10 barobarga kamaytirildi

O‘zbekistonda apostil uchun to‘lov miqdori 10 barobarga kamaytirildi
Joriy yil 17 fevralidan boshlab apostil uchun to‘lov miqdori 172 240 so‘mdan 17 224 so‘mga tushirildi. Bu haqda «UzNews»ga tayanib «Daryo» xabar berilmoqda.

Rasmiy hujjatlar apostil uchun asl nusxada yoki arizachi istagiga ko‘ra notarial tasdiqlangan nusxada qabul qilinadi.

O‘zbekistonda 4 ta tashkilot rasmiy hujjatlarga maxsus shtamp — apostille qo‘yish vakolatiga ega:

Sudlar, adliya organlari va muassasalaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga Adliya vazirligi;

Prokuratura, tergov, surishtiruv va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga Bosh prokuratura;

Ta’lim va fan sohasi tashkilotlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi;

Boshqa har qanday rasmiy hujjatlar bo‘yicha —Tashqi ishlar vazirligi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda apostil uchun to‘lov miqdori 10 barobarga kamaytirildi