21:15 / 19.02.2018
5 841

20 fevral kuni O‘zbekistonda qor va yomg‘ir yog‘adi

20 fevral kuni O‘zbekistonda qor va yomg‘ir yog‘adi
O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 20 fevral kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +1 ... +3 daraja, kunduzi +10 ... +12 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, qor va yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi -5 ... 0 daraja, kunduzi 0 ... +5 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi 0 ... +5 daraja, kunduzi +3 ... +8 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi 0 ... +5 daraja, kunduzi +7 ... +12 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +4 ... +9 daraja, kunduzi +4 ... +9 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -2 ... +3 daraja, kunduzi +5 ... +10 daraja iliq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, qor va yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi -5 ... 0, kunduzi +2 ... +7 daraja iliq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi 0 ... +5, kunduzi +7 ... +12 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 20 fevral kuni O‘zbekistonda qor va yomg‘ir yog‘adi