07:20 / 22.02.2018
4 472

O‘zbekistonda sayyohlarga qulay mobil aloqa xizmati taklif etiladi

O‘zbekistonda sayyohlarga qulay mobil aloqa xizmati taklif etiladi
Endi O‘zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlarga qimmatbaho rouming muqobili sifatida mobil sim-kartalar taklif etiladi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, aeroportlar, avtovokzallar va taniqli tarixiy maskanlarda turistik sim-kartalarni sotuvchi servislar xizmat ko‘rsatadi. Ro‘yxatdan o‘tish pasport yordamida amalga oshiriladi. Bunga qo‘shimcha ravishda ikki turdagi telefonlar ijarasi yoki mobil router xizmati taqdim etiladi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Router – Internet-trafik paketini o‘z ichiga olgan, sim-karta bo‘lgan taqdirda Wi-Fi tarmog‘idan foydalanish imkonini beruvchi qurilma. U bir necha qurilmaning simsiz ulanishini amalga oshiradi va oilalar hamda sayyohlar guruhi foydalanishi uchun qulay va tejamkor variant hisoblanadi.

Sayyohlar uchun maxsus tariflar ishlab chiqqan birinchi kompaniya Uzmobile bo‘ldi. Tarif 30 kunlik foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lib, muloqot daqiqalari va Internetga kirish trafigini o‘z ichiga olgan qulay hamda hamyonbop paket bilan ta’minlangan. Sim-kartaga qo‘shimcha ravishda kichik brelok beriladi, unga kalit osib, istagan vaqtda mobil aloqa raqamini bilish imkoniga ega bo‘lish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda sayyohlarga qulay mobil aloqa xizmati taklif etiladi