07:23 / 22.02.2018
4 289

Davlat organlarining IT-bo‘linmalari rahbarlari har 3 yilda attestatsiyadan o‘tadi

Davlat organlarining IT-bo‘linmalari rahbarlari har 3 yilda attestatsiyadan o‘tadi
Prezidentning 19.02.2018 yildagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan ijro etuvchi hokimiyat respublika organlari bo‘linmalarining rahbarlari Vazirlik bilan kelishilgan holda, hududiy organlari bo‘linmalarining rahbarlari esa Vazirlikning tegishli hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadilar.

Bunda davlat organlari va boshqa byudjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan rahbarlari va bo‘linmalari xodimlari 3 yilda 1 marta mos ravishda Vazirlik va uning hududiy boshqarmalarida attestatsiyadan o‘tadilar.

1.06.2018 yildan davlat organlari va boshqa byudjet tashkilotlarining mas’ul bo‘lgan xodimlariga har oylik ustama – xodim lavozim maoshidan 100%dan kam bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi. O‘z navbatida, mazkur organlarning IT-bo‘linmalari rahbarlari har yili EKIHning 100 baravarigacha miqdorda mukofotlanadi. Mukofot Vazirlik qarori asosida har yil yakunlari bo‘yicha axborot tizimlari, elektron davlat xizmatlarini joriy etish hamda organ va tashkilotlarni axborotlashtirish rejalari va dasturlarining o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilganligi uchun beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Davlat organlarining IT-bo‘linmalari rahbarlari har 3 yilda attestatsiyadan o‘tadi