Sergey Lavrov Abdulaziz Komilov bilan Markaziy Osiyodagi vaziyatni muhokama qiladi

  • 23 fevral 2018, 09:27
  • 2 990
  • O‘zbekiston
  • Sergey Lavrov Abdulaziz Komilov bilan Markaziy Osiyodagi vaziyatni muhokama qiladi
    2018 yilning 23 fevral kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Moskva shahriga amaliy tashrifi doirasida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralar o‘tkazadi. Vazirlar uchrashuv davomida ikki tomonlama munosabatlar va Markaziy Osiyodagi vaziyat muhokama qilinadi. Bu haqda “TASS”ga tayanib “Daryo” xabar berdi.

    Tashrif 2017 yil 4—5 aprel kunlari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga davlat tashrifi asnosida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar doirasida tashkil etilmoqda.

    Tomonlar xalqaro vaziyat hamda Rossiya—O‘zbekiston tashqi siyosatining dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashadilar. Xususan, ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik va Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qiladi. Shuningdek, O‘zbekiston tomoni mart oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik” yuqori darajadagi xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik haqida ma’lumot beradi.

    O‘zbekiston delegatsiyasining Moskvaga tashrifi doirasida ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2018—2019 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolanishi rejalashtirilgan.

    Bundan tashqari Rossiya Tashqi ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra,“O‘zbekistonning yuqori martabali delegatsiyasiga tarkibidan O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kotibi Viktor Mahmudov ham o‘rin olgan”.

    “Moskva Abdulaziz Komilovning tashrifi keng ko‘lamli sohalarda Rossiya—O‘zbekiston hamkorligini chuqurlashtirish va rivojlantirishga xizmat qilishiga, shuningdek, Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga hissa qo‘shishiga ishonadi”, — deyiladi xabarda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Sergey Lavrov Abdulaziz Komilov bilan Markaziy Osiyodagi vaziyatni muhokama qiladi