Abdurashid Isroilov “Asaka” banki raisi o‘rinbosari etib tayinlandi

  • 23 fevral 2018, 10:19
  • 2 563
  • O‘zbekiston
  • Abdurashid Isroilov “Asaka” banki raisi o‘rinbosari etib tayinlandi
    Isroilov Abdurashid Abdurahmonovich “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruv raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. Tayinlov haqidagi qaror bank Kengashi tomonidan 19 fevralda qabul qilindi. Bu haqda “UzReport”ga tayanib “Daryo” xabar berdi.

    Ushbu lavozimda Abdurashid Isroilov iqtisodiy tahlil, strategik rivojlanish, uslubiy ishlar koordinatsiyasi, xodimlar bilan ishlash, axborot xizmati, ijrochilik intizomi, murojaatlar, o‘quv markazi va kanselyariya masalalarini nazorat qiladi.

    Bungacha Abdurashid Isroilov O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ichki nazorat departamenti direktori lavozimida ishlagan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Abdurashid Isroilov “Asaka” banki raisi o‘rinbosari etib tayinlandi