7 906
Onkologiya va radiologiya markazi Samarqand filiali mutaxassislari Jomboyda tibbiy ko‘rik o‘tkazdi
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali mutaxassislari tomonidan Jomboy tumanida tibbiy ko‘rik o‘tkazildi. Bu haqda “O‘zA”ga tayanib “Daryo” xabar berdi.
Filialning 30 ga yaqin oliy toifali shifokori uch guruhga bo‘lingan holda tuman markaziy poliklinikasi, qishloq oilaviy poliklinikalarida muqaddam o‘simtali xastaliklar bilan og‘rigan bemorlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Aholi xonadonlariga kirib, ular bilan profilaktik suhbatlar olib bordi.
— Joylarda tashkil etilayotgan ko‘riklar davomida aniqlanayotgan onkologik xastaliklarning aksariyati ayollar ko‘krak bez saratoni bilan bog‘liq, — deydi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali direktori, professor M. Jo‘rayev. — Afsuski, bu xastalik boshlang‘ich davrda aniqlansagina, davolash imkoni bo‘ladi. Ko‘rik davomida mahallalarda o‘tkazilayotgan uchrashuvlar, suhbatlarda bu aholiga tushuntirilmoqda.
Ko‘rik davomida saraton xastaligi gumon qilingan fuqarolardan tibbiy tahlil uchun namunalar olinib, ularga zarur tavsiyalar berildi. 300 dan ortiq fuqaro ko‘rikdan o‘tkazildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroildan yuz o‘girdimi? Netanyahu Vashingtonga bormaydi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!