19:54 / 24.02.2018
5 231

Moliya vazirligi rahbariyatida o‘zgarish yuz berdi

Moliya vazirligi rahbariyatida o‘zgarish yuz berdi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining tegishli qarorlari bilan Moliya vazirligi rahbariyati tarkibida o‘zgarishlar yuz berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Shavkat Mirziyoyevning 23 fevraldagi qarori bilan Yorqin Ergashevich Tursunov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Uning o‘rnida endilikda Vyacheslav Yuryevich Pak ishlaydi. Davlat rahbarining bu boradagi tegishli qarori imzolangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 22 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasidagi tanqiddan keyin Moliya vazirligi tizimida katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Jami moliya tizimi bo‘yicha 562 nafar xodim o‘z lavozimidan ozod etilgan. Joriy yilning yanvar oyida esa Yoshlar ittifoqi Moliya vazirligiga 490 yigit-qizni tavsiya qilgani ma’lum bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Moliya vazirligi rahbariyatida o‘zgarish yuz berdi