19:57 / 24.02.2018
4 245

“Urumchi—Olmaota” yo‘lovchi poyezdi harakati Toshkentgacha uzaytirilishi mumkin

“Urumchi—Olmaota” yo‘lovchi poyezdi harakati Toshkentgacha uzaytirilishi mumkin
Qozog‘iston poytaxti Ostonada 23 fevral kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi, Qozog‘istonning “Passajirskiye perevozki” hamda “Qazaqstan temir jo‘li” kompaniyalari vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zA”ga tayanib “Daryo” xabar bermoqda.

Uchrashuv chog‘ida temir yo‘l orqali yo‘lovchi tashish yo‘nalishidagi dolzarb masalalar muhokama qilingan. Tomonlar, xususan, “Olmaota—Toshkent” yo‘nalishida harakatlanuvchi №1/2 xalqaro yo‘lovchi poyezdi qatnovi davriyligini oshirishni kelishib olgan. Unga muvofiq, 2018 yilning 18 martidan poyezd haftasiga uch marta qatnaydi (hozirda ikki marta).

Buyuk Ipak yo‘lining qayta tiklanishi hamda turizmni ommalashtirish doirasida “Urumchi—Olmaota” poyezdi yo‘nalishini yozgi mavsumda Toshkentgacha uzaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

Qozog‘iston tomoni, shuningdek, “Toshkent—Moskva” va “Toshkent—Samarqand—Termiz” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yilishini qo‘llab-quvvatladi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar elektron chiptalar sotuvini rivojlantirish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etish bo‘yicha ham kelishib olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » “Urumchi—Olmaota” yo‘lovchi poyezdi harakati Toshkentgacha uzaytirilishi mumkin