Toshkentda navbatdagi 2 balli, Namanganda 3 balli zilzila sezildi

  • 21 noyabr 2015, 10:27
  • 4 254
  • O‘zbekiston
  • Toshkentda va O‘zbekistonning boshqa shaharlarida 21 noyabr, shanba kuni mahalliy vaqt bilan 5:16 da kuchsiz erosti silkinishlari sezildi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.

    Toshkentda navbatdagi 2 balli, Namanganda 3 balli zilzila sezildi

    «Toshkent» markaziy seysmostansiyasidan ma’lum qilishlaricha, Toshkentda 2 balli, Namanganda esa 3 balli erosti silkinishlari sezilgan.

    Zilzila episentri Toshkentdan 210 kilometr sharqda, Namangandan 90 kilometr shimolda bo‘lgan. Episentrda zilzila magnitudasi 5,1 ga teng bo‘lgan, o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda edi.

    So‘nggi kunlarda O‘zbekistonda episentri Qirg‘izistonda bo‘lgan bir necha zilzilalar sezildi. Jumladan, 17 noyabr kuni 22:29 da Toshkentda 2,5—3 balli, 20 noyabr kuni 9:46 da esa 2 balli zilzilalar sezildi.


    Manba: Daryo.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Toshkentda navbatdagi 2 balli, Namanganda 3 balli zilzila sezildi