16:01 / 26.02.2018
6 626

O‘zbekiston-Hindiston erkin farmatsevtika hududi yaratiladi

O‘zbekiston-Hindiston erkin farmatsevtika hududi yaratiladi
Andijon viloyati hokimiyati va Hindiston farmatsevtika, biofarmatsevtika mahsulotlari hamda tibbiyot uskunalarini ishlab chiqarish sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishib oldi, deya xabar bergan Mumbaydagi Pharmabiz mintaqaviy bo‘limi.

Bundan tashqari, tomonlar viloyat hududida O‘zbekiston-Hindiston erkin farmatsevtika hududini barpo etish ustida ish olib borish va loyiha biznes-rejasini birgalikda ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Shuningdek, tomonlar Hindiston kompaniyalari va O‘zbekiston investorlaridan O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan xomashyo asosida yuqori qo‘shilgan qiymatga ega farmatsevtika mahsulotlari va dori-darmonlar ishlab chiqarish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish ustida birgalikda ishlaydi, deb yozadi Spot.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston-Hindiston erkin farmatsevtika hududi yaratiladi