20:52 / 26.02.2018
5 910

Turkiya Prezidenti O‘zbekistonga keladi

Turkiya Prezidenti O‘zbekistonga keladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 26 fevral kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Rejep Tayyip Erdog‘anni tug‘ilgan kuni bilan samimiy qutlab, uning O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi qardoshlik va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan katta e’tibori va sa’y-harakatlarini hamda qo‘shayotgan ulkan hissasini alohida qayd etdi.

Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga tabrik va ezgu tilaklar uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning O‘zbekiston Respublikasiga bo‘lg‘usi oliy darajadagi tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish hamda muqaddam erishilgan kelishuvlarni bajarilishi masalalari yuzasidan Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi tashkil etiladi.

Suhbat chog‘ida ikki mamlakat rahbarlari o‘zbek-turk hamkorligini yanada kengaytirish istiqbollarini atroflicha muhokama qildi, mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar bo‘yicha fikr almashdi.

Muloqot so‘ngida davlat rahbarlari O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi azaliy do‘stlik va qardoshlik aloqalari hamda an’anaviy yaqin hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish va mustahkamlashga tayyor ekanlarini yana bir bor tasdiqladilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Turkiya Prezidenti O‘zbekistonga keladi