08:23 / 27.02.2018
9 844

O‘zbekistonliklar mart oyida 12 kun dam oladi

O‘zbekistonliklar mart oyida 12 kun dam oladi
O‘zbekistonliklar Navro‘z bayrami arafasida 5 kun, mart oyida esa jami 12 kun dam oladi. Bu haqda “O‘zA”ga tayanib “Daryo” xabar bermoqda.

O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 28 dekabrdagi “2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, Navro‘z bayrami arafasida o‘zbekistonliklar 18, 19, 20, 21, 22 mart kunlari dam oladi.

Prezidentning bu farmoni bilan qo‘shimcha dam olish kunlari berilgan va ba’zi dam olish kunlari ko‘chirilgan edi. Ya’ni, 20 mart qo‘shimcha dam olish kuni sifatida berilib, 17 mart (shanba) 19 mart (dushanba)ga, 24 mart (shanba) 22 mart (payshanba)ga ko‘chirilgan edi.

Dam olish kunlarining berilishida fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida to‘liq dam olishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish va bayram kunlaridan oqilona foydalanish, shuningdek, ichki turizmni yanada rivojlantirish maqsad qilingan.

Shunga muvofiq, o‘zbekistonliklar 8 mart bayramini ham hisobga olganda 12 kun dam oladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining ushbu farmoni bilan mamlakat fuqarolari Yangi yilda 5 kun dam olgan bo‘lsa, Mustaqillik bayrami munosabati bilan ham shunday dam olishlar guvohi bo‘ladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonliklar mart oyida 12 kun dam oladi