14:32 / 27.02.2018
8 576

Shavkat Mirziyoyev bugun videoselektor o‘tkazadi

Shavkat Mirziyoyev bugun videoselektor o‘tkazadi
Bugun, 27 fevral kuni soat 16:00da O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.

Yig‘ilishda 2018 yil yanvar-fevral oylarida tovar va xizmatlarni eksport qilish topshirig‘ini bajarish holati, bu borada yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, ularni bartaraf etish, mavjud zaxiralarni aniqlash va to‘liq ishga solish chora-tadbirlari muhokama etiladi.

Kun tartibi:
Birinchidan, 2018 yil uchun tovarlar va xizmatlar eksporti prognozini tasdiqlash to‘g‘risidagi tegishli qaror loyihasi belgilangan muddatda ishlab chiqib, kiritilmagani sabablari va bu borada mutasaddi rahbarlarning shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida;

Ikkinchidan, joriy yil yanvar-fevral oylarida iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda sanoat va meva-sabzavot mahsulotlari, xizmatlar eksportini amalga oshirish ahvoli, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar hamda 2018 yil birinchi chorak eksport topshirig‘i ko‘rsatkichlarini to‘liq ta’minlashda qo‘shimcha zaxiralardan samarali foydalanish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar natijadorligi haqida.

Yig‘ilishda shahar, tuman hokimlari va ularning o‘rinbosarlari, prokurorlar, MXX boshliqlari, IIB, YOXB, DSI, DSENM, SSB, FVB, madaniyat va mudofaa bo‘limlari boshliqlari, Yoshlar ittifoqi, kommunal soha, ta’lim muassasalari rahbarlari, “Mahalla” va “Nuroniy” jamoat fondlari raislari, OAV, kun tartibidagi masalalarga aloqador korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev bugun videoselektor o‘tkazadi