19:19 / 27.02.2018
5 203

Chilonzorda o‘t o‘chiruvchilar yong‘in paytida ichkarida qolgan xonadon egasini qutqarib qoldi

Chilonzorda o‘t o‘chiruvchilar yong‘in paytida ichkarida qolgan xonadon egasini qutqarib qoldi
26 fevral kuni Toshkentning Uchtepa tumani Chilonzor 13-mavzesida joylashgan 25-uy 54-xonadonda yong‘in sodir bo‘lgan, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB yong‘in xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati.

“Jangovar bo‘linmalar tomonidan ko‘rilgan chora va tezkor harakatlar natijasida xonadon egasi fuqaro Pavel Progresovning tutundan dimiqqan holda yotganligi aniqlanib, yong‘in o‘chiruvchilar tomonidan qutqarib olinib, shifoxonaga yuborildi”, — deyiladi xabarda.

Yong‘in natijasida taxminan 5—6 metr kvadrat maydondagi uy jihozlari yong‘indan zararlangan.

Qayd etilishicha, yong‘in mast holatda tamaki chekish natijasida sodir bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Chilonzorda o‘t o‘chiruvchilar yong‘in paytida ichkarida qolgan xonadon egasini qutqarib qoldi