13:40 / 28.02.2018
5 716

FVV: 1 mart kuni yomg‘ir va shamol kuchayishi kutilmoqda

FVV: 1 mart kuni yomg‘ir va shamol kuchayishi kutilmoqda
Gidrometeorologiya xizmati Markazining 2018 yil 28 fevral kuni taqdim etgan xabarnomasiga asosan, 2018 yil 1 mart kuni respublika hududida yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi joylarda kuchli yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi, joylarda shamol tezligi 17-22 m/s (61-79 km/soat) gacha, shamol bilan birgalikda 23-28 m/s (83-101 km/soat) gacha kuchayishi mumkin, deb xabar bermoqda FVV axborot xizmati.

1 mart kuni havo harorati kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 9-14 daraja iliq, 2 mart kuni kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

1-2 mart kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.

Ehtiyot choralarini ko‘rish, hamda favqulodda vaziyatlar va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda FVVning (+99871) 147-10-50 "Tezkor raqam” raqamiga murojaat etish iltimos qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » FVV: 1 mart kuni yomg‘ir va shamol kuchayishi kutilmoqda