Imomali Rahmon O‘zbekiston Prezidenti bilan uchrashuvni tarixiy deb atadi

  • 09 mart 2018, 23:50
  • 2 978
  • O‘zbekiston
  • Imomali Rahmon O‘zbekiston Prezidenti bilan uchrashuvni tarixiy deb atadi
    Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon O‘zbekiston davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvini o‘zbek-tojik munosabatlaridagi yangi tarixiy davrning boshlanishi deb atadi.

    O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev juma kuni Tojikistonga ikki kunlik tashrif bilan bordi. Ikki mamlakat o‘rtasida savdo, iqtisodiyot, investitsiya, moliya, transport va tranzit, qishloq xo‘jaligi, suv-energetika, soliq, bojxona, turizm, fan-ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, xavfsizlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohalaridagi hamkorlik hamda hududlararo aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan jami 27 ta hujjat imzolandi.

    Imomali Rahmonning bayonot berishicha, tomonlar so‘nggi 20 yilda to‘planib qolgan deyarli barcha masalalarni hal qilishgan. “O‘z lavozimiga kirishganining ilk kunlaridanoq mening aziz do‘stim va birodarim Shavkat Miromonovich mintaqalar bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash tarafdori sifatida har tomonlama aloqalar rivojiga zamin yaratish uchun qo‘lidan kelganicha harakat qildi”, - dedi u.

    Rahmon Mirziyoyevning Tojikistonga tarixiy tashrifi natijalari “uzoq muddatli asosdagi ikki tomonlama munosabatlar rivojiga sifat jihatidan yangicha nafas bag‘ishlashi”ga ishonch bildirdi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Imomali Rahmon O‘zbekiston Prezidenti bilan uchrashuvni tarixiy deb atadi