O‘zbekistonda 2021 yilgacha gidroenergetikani rivojlantirish dasturi qabul qilindi

  • 23 noyabr 2015, 12:45
  • 5 199
  • O‘zbekiston
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16 noyabrdagi qarori bilan 2016—2020 yillarda mamlakat gidroenergetikasini rivojlantirish Dasturi qabul qilindi, deb xabar beradi «Gazeta.uz».

    O‘zbekistonda 2021 yilgacha gidroenergetikani rivojlantirish dasturi qabul qilindi

    Hujjat mamlakatdagi tabiiy suv oqimlari va suv xo‘jaligi ob’ektlarida yangi gidroelektr stansiyalarini qurish va amaldagi gidroelektr stansiyalarini modernizasiya qilishni ko‘zda tutadi.

    Qarorga muvofiq, «O‘zbekenergo» kompaniyasi tizimida umumiy loyiha quvvati 23,5 MVt, yiliga o‘rtacha 116,9 million kVt.s hajmdagi elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi to‘rtta yangi GES quriladi.

    «O‘zbekenergo» tizimida faoliyat yuritayotgan 11 ta GES, jumladan Chorvoq, Farhod va boshqa stansiyalarni modernizasiya qilish ularning quvvatini 919,99 MVt gacha oshirish va yiliga 3,456 milliard kVt.s energiya ishlab chiqarish imkonini beradi.

    Qishloq va suv xo‘jaligi tizimida umumiy loyiha quvvati 70,9 MVt, yiliga o‘rtacha 273,8 million kVt.s elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi beshta kichik GES barpo etish rejalashtirilmoqda.


    Manba: Daryo.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekistonda 2021 yilgacha gidroenergetikani rivojlantirish dasturi qabul qilindi