22:02 / 12.03.2018
5 265

13 mart kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13 mart kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 13 mart kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 4-6, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, Xorazm viloyatida kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq, Ustyurt bo‘ylab kechasi 7-12, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 10-15 daraja iliq, cho‘l hududlarining ayrim joylarida kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 4-9, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 13 mart kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti