O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 mart kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi. U Past Darg‘om tumanida viloyat faollari bilan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Prezident ma’ruzasida dastavval, viloyat kesimida ish o‘rinlari yaratish haqida so‘z yuritdi, deb xabar qilmoqda Kun.uz.
“Vaqt shiddat bilan o‘tmoqda, kelasi yil ham shularni gapirsak, odamlar bizga ishonmay qo‘yadi. Quruq gap, safsata ekan, deydi. Shuning uchun bu yerga bir samolyot, bir poyezd odamni olib kelganim bejizga emas.
Viloyatda qisqartirilgan 8320 gektar paxta va g‘alla maydonlariga serdaromad, sermahsul sabzavot ekinlarini ekish, bog‘lar, issiqxonalar barpo etish hisobiga 15300 ish o‘rni yaratiladi. Bundan tashqari, 29 ming aholiga o‘z shaxsiy tomorqalaridan foydalanishlarini yo‘lga qo‘yishlariga ko‘maklashish orqali yana 29 ming kishining bandligini ta’minlash mumkin. Mana men Ishtixon tumanida bo‘ldim. O‘zim bilaman ahvolni. Lekin savol tug‘iladi: Prezident borishi shartmi shu joylarga? Shart. Chunki, hech kimga ishonmayman men. Nima uchun men borayapman, meni atrofimda bo‘lganlar 2 karra ko‘p yurishi uchun. 3 karra ko‘p yurishi uchun”, - dedi davlat rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi