O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar berishicha, O‘zbekistonda hafta oxiriga borib harorat keskin ko‘tariladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida o‘zgaruvchan ob-havo bo‘ladi, 22-23 mart kunlari ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. 24-25 mart kunlri yog‘ingarchilik kutilmaydi. Hafta oxirida harorat 30 darajagacha ko‘tariladi.
Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 22-23 mart kunlari 15-20 m/s tezlikda shamol esishi mumkin. Harorat 25-30 darajagacha issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 22-23 mart kunlari shamol tezligi 15-20 m/sga yetishi mumkin. Dam olish kunlari harorat 33 darajagacha ko‘tariladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Hafta oxiriga borib harorat 33 darajagacha yetadi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham o‘zgaruvchan ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu viloyatlarda 24-26 mart kunlari havo harorati 20-25 darajani tashkil etadi.
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati 25 mart kuni 20-25 darajaga yetadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!