Shavkat Mirziyoyev: “Tomorqaga ekin ekish” oyligi e’lon qilindi

  • 23 mart 2018, 23:43
  • 3 727
  • O‘zbekiston
  • Shavkat Mirziyoyev: “Tomorqaga ekin ekish” oyligi e’lon qilindi
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar natijadorligiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik.

    Yig‘ilishda Prezident tomorqalardan samarali foydalanish masalasiga ham alohida to‘xtaldi. Aholi va dehqon xo‘jaliklariga tegishli unumdor tomorqa yerlaridan foydalanish mutlaqo talabga javob bermasligi tanqid qilindi. Aksariyat aholining 8-10 sotix tomorqa yeri bo‘lsa-da, hech narsa ekmagan.

    Davlat rahbari kichik tomorqadan mo‘l hosil olib, oilasini boqayotgan, katta daromad topayotgan mehnatsevar odamlarni o‘rnak qilib ko‘rsatdi.

    — Cho‘p suqsang, ko‘karadigan yerimiz bor, mehnatsevar xalqimiz bor. Lekin tomorqa yerlaridan — shunday katta rezervdan foydalanmayapmiz. Shuning uchun bugundan boshlab “Tomorqaga ekin ekish” oyligini e’lon qilib, har bir tomorqaga ekin ekishni tashkil etish kerak. Agar hozir ekmasak, keyin kech bo‘ladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Bu borada aholiga ko‘maklashish maqsadida barcha tumanlarda “Tomorqa xizmati” korxonalarini tashkil etish, ular orqali tomorqalar uchun ko‘chat, mineral o‘g‘it, kimyoviy preparatlar yetkazib berish, mexanizatsiya va boshqa servis xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha tizim yaratish yuzasidan topshiriq berildi. Shu xizmatlar yetishtirilgan hosilni xarid qilish, qayta ishlash, saqlash va eksport qilish bilan ham shug‘ullanadi.

    Yig‘ilishda meva-sabzavot, kartoshka, uzum va poliz mahsulotlari yetishtirish bilan bog‘liq ishlar ham muhokama qilindi. Joriy yilda 2017 yilga nisbatan 24 foiz ko‘p mahsulot yetishtirish rejalashtirilgani qayd etildi.

    Ushbu rejadagi meva-sabzavotlarni sifatli yetishtirish, xalq iste’moli uchun g‘amlash, belgilangan qismini eksport qilishni ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari eshitildi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Shavkat Mirziyoyev: “Tomorqaga ekin ekish” oyligi e’lon qilindi