Seysmologiya instituti Toshkentda 10 balli zilzila bo‘lishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi

  • 24 noyabr 2015, 20:47
  • 7 352
  • O‘zbekiston
  • Seysmologiya instituti Toshkentda kuchli zilzila sodir bo‘lishi mumkinligi haqida tarqalgan gap-so‘zlarga o‘z munosabatini bildirdi.

    Seysmologiya instituti Toshkentda 10 balli zilzila bo‘lishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi

    «2015 yil 23 noyabr kuni noma’lum kimsalar Toshkentda kun davomida 10 balli er silkinishi sodir bo‘lishi haqida mish-mishlar tarqatdi. Aholi ‘Toshkent’ seysmostansiyasi va Seysmologiya institutiga qo‘ng‘iroq qilishni boshladi. Toshkentda er silkinishi sodir bo‘lishi haqidagi prognoz Institut tomonidan berilmagan va bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, bunday zilzilaning sodir bo‘lish ehtimoli yo‘q», — deyiladi Institutning direktorlik vazifasini vaqtincha bajaruvchi Sabriddin Xusomiddinovning bayonotida.

    Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda O‘zbekistonda episentri Qirg‘iziston va Afg‘onistonda bo‘lgan bir necha zilzilalar qayd etildi. Jumladan, Toshkentda 17 noyabr kuni 22:29 da 2,5—3 balli, 20 noyabr kuni 9:46 da esa 2 balli, 21 noyabr kuni 5:16 da 2 balli, 22 noyabr kuni soat 23:16 da 1—2 balli zilzilalar sezildi.


    Manba: Daryo.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Seysmologiya instituti Toshkentda 10 balli zilzila bo‘lishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi